Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘llarda trotuarlar mavjud emasligi bolalar o‘limini ko‘paytiryapti – Bolalar ombudsmani 

Yo‘llarda trotuarlar mavjud emasligi bolalar o‘limini ko‘paytiryapti – Bolalar ombudsmani 

Bugungi kunda mas’ullar tomonidan yo‘llarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar kuchaytirilgan bo‘lsa-da, ular hali yetarlicha emas. Bu masala kompleks ravishda hal etilishi muhim.

Bu haqda Bolalar ombudsmani va IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvda gap bordi.

Qayd etilishicha, hozirda bolalar bilan sodir bo‘layotgan YTHning katta qismi turar-joy hududlarida kichik yoshdagi bolalarning qarovsiz qoldirilayotganligi hamda ota-ona nazorati bo‘lmay o‘smir bolalar avtomashina haydashiga yo‘l qo‘yilishi oqibatida yuz berayotganligi tufayli mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini faollashtirish, bunday noxush holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ota-onalar mas’uliyatini kuchaytirish talab etiladi.

Shu o‘rinda, yo‘llarda trotuarlar mavjud emasligi ham bolalar YTH qurboni bo‘layotganligining jiddiy omili ekanligiga e’tibor qaratilib, buning oldini olish uchun zaruriy choralarini ko‘rish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida yo‘llarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – umumiy maqsad ekanligiga urg‘u berilib, bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun, ayni paytga qadar «Xavfsiz bolalik» tadbirlari doirasida respublika hududlaridagi maktablar oldida 425 ta svetoforlar, 865 ta qavariq piyodalar o‘tish joylari, 1599 ta sun’iy notekisliklar va 7598 ta temir panjaralar o‘rnatilgan.

Shuningdek, 5 150 ta maktabda Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maxsus sinfxonalari tashkil qilinib, o‘quvchilar uchun 42 355 ta «xavfsiz yo‘nalish xaritasi» ishlab chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring