Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «Neksiya» pastlikka quladi. Yo‘lovchi vafot etdi

Namanganda «Neksiya» pastlikka quladi. Yo‘lovchi vafot etdi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 24-may kuni soat 18:00larda, Namangan viloyati, Pop tumani, «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 279-kilometrida, haydovchi J.J. «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va beton to‘siqqa urilib, yo‘ldan chiqib ketib pastlikka tushib ketgan.

Natijada, haydovchi hamda yo‘lovchilar 20 yoshli A.R. va 35 yoshli A.Q.lar tan jarohatlari olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi Ya.B. olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring