Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yomg‘irli kunlar boshlanadi. Harorat keskin tushadi

Yomg‘irli kunlar boshlanadi. Harorat keskin tushadi

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet 14-16 oktyabrga ob-havo prognozini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, Ustyurtda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 14-15 oktabrda 10-15°, 16 oktyabrda 12-17° bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 oktyabrda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 oktyabrda 5-10°, 15-16 oktyabrda 3-8° iliq, kunduzi 14-15 oktyabrda 13-18°; 16 oktyabrda 15-20°; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-15 oktyabrda 10-15° iliq, 16 oktabrda 12-17° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°; 15 oktyabrda kechasi 6-11°, kunduzi 13-18°; 16 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°; 15 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 va 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 18-15°; 15 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°; 15 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, 16 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14-15 oktyabrda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 oktyabrda kechasi va kunduzi 5-10°, 15 oktyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 16 oktyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring