Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilgan

Yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilgan

Bugungi yig‘ilishda Prezident Mirziyoyev yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilganini ta’kidlab o‘tdi.

Bitiruvchilarning ko‘pchiligi katta kredit olib, qaytara olmasligidan xavotir olayotgani uchun imtiyozli kredit resursining bir qismini bitiruvchini ishga olgan korxonalarga ham berish taklifi ham ma’qullangan.

Endi ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit beriladi.

Masalan, 1 milliard so‘mgacha kredit olganlar kamida 1 nafar, 5 milliard so‘m olganlar esa 5 nafar bitiruvchini ishli qiladi. Imtiyozli kredit olgan korxona bitiruvchini 2 yil ichida ishdan bo‘shatsa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgaradi.

Ushbu yangi tizim nafaqat bu yilgi, balki oliygohni tugatganiga 3 yil bo‘lmagan bitiruvchilar uchun ham amal qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring