Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar ishlari agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi

Yoshlar ishlari agentligi Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

«Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–18-son, 20.01.2024 y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.

Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishliligi bo‘yicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Shuningdek:

  • tegishincha Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Sport vazirligi hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini to‘liq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari jamg‘arma sifatida faoliyat yuritadi;
  • sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilmalar, sport ob’yektlari va inshootlarining loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring