Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX postlarida «yashil» va «qizil» yo‘lak tizimi joriy etiladi

YPX postlarida «yashil» va «qizil» yo‘lak tizimi joriy etiladi

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi qaroriga ilovada belgilangan faoliyatini davom ettiradigan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali ushbu maskanlarda inson omilini cheklagan holda transport vositalarining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha «yashil» va «qizil» yo‘lak tizimini bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Shuningdek, yo‘llarda transport oqimini hisoblash, tirbandliklarning oldini olish va qidiruvda bo‘lgan transport vositalarning harakatlanish yo‘nalishini aniqlash transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish hamda harakatlanishini nazorat qilish imkoniyatini yaratuvchi RFID (Radiochastotani identifikatsiyalash texnologiyasi) tizimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflar ma’qullanishi mumkin.

Belgilanishicha:

  • 2022-yil 1-martdan boshlab Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan «Namangan» yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq jihozlangan «yashil» va «qizil» yo‘lak tizimi joriy etiladi va bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida qo‘llaniladi;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kirish-chiqish joylaridagi yo‘l-patrul xizmati maskanlari, blokpost va to‘siq postlarida o‘rnatiladigan transport oqimini hisoblash, tirbandliklarni oldini olish, qidiruvda bo‘lgan transport vositalarning harakatlanish yo‘nalishini aniqlash hamda transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish imkoniyatini o‘z ichiga olgan RFID tizimini eksperiment tariqasida joriy etiladi.

Ichki ishlar vazirligi RFID tizimini eksperiment tariqasida joriy etish va yuritishga mas’ul organ hisoblanadi.

Bundan tashqari, 2023-yilning ikkinchi choragiga qadar RFID tizimini joriy etish doirasida Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida ro‘yxatga olingan transport vositalari ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish hamda ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda «maxsus belgi bilan jihozlangan stiker»lar bilan bepul ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring