YPX xodimiga pora taklifi haydovchiga qimmatga tushdi

Buxoroda YPX xodimiga pora taklif etgan haydovchi qo‘lga olindi.
Buxoroda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan holda «Spark» rusumli avtomashinani boshqarib kelayotgan haydovchi to‘xtatilgan. Tegishli hujjatlar talab qilinganda, haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinani ishonch varaqasisiz boshqarib kelayotgani aniqlangan. Uning qoidabuzarligi yuzasidan tuzilgan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Biroq, haydovchi inspektorga ushbu bayonnomani bekor qilish va avtomashinani jarima maydoniga joylashtirmaslik evaziga pora taklif qilgan.
Inspektor tomonidan haydovchiga uning xatti-harakatlarida jinoyat alomati borligi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Shunga qaramasdan, qoidabuzar haydovchi pora taklif qilaverishdan qaytmagan.
Yo‘l patrul xizmati inspektori o‘sha vaqtning o‘zida rahbariyat nomiga yozgan bildirgi yozgan. Va ushbu bildirgi asosida O‘zbekeiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoroo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda departamentning Kogon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
«Tadbir davomida haydovchi jarima maydonchasi ma’muriyat binosida inspektorga 500 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida berayotganida qo‘lga olindi. Mazkur jinoyat yuzasidan tegishli moddalarga ko‘ra, tergov harakatlari olib borilmoqda»,- dedi Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Ulug‘bek Shukurlayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter