Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida suv ta’minoti uzildi
![Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida suv ta’minoti uzildi](http://static.xabar.uz/crop/2/5/720_460_95_2510183693.jpg)
Toshkentning ikki tumanidagi ba’zi muassasalarda suv ta’minoti to‘xtatildi. Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ xabar berdi.
Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv suv olish inshooti hududidagi D-1000 tarmoqda nosozlik yuzaga kelgan. Shu munosabat bilan Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining suvsiz qolgan hududlari ro‘yxati:
- Firdavsiy, Shivli, Mingo‘rik, Yangi tarnov, Otchopar, Shahriston, Xalkobod, Ezgulik, Injobod, Otchopar 1, Otchopar 2, Xiyobontepa, Iftixor, Yangi Ariq, Turk Qo‘rg‘on, Usta Shirin, Markaz-4 mavzesi, 7-sonli shahar kasalxonasi, Oqqo‘rg‘on MFY.
Suvsiz qolgan hududlar suv tashuvchi texnika orqali suv bilan ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter