Yunusobodda YTH: avtobus yo‘l bo‘yidagi ustunga urildi

21 aprel kuni ertalab soat 07.15 da Yunusobod tumanidagi A.Donish ko‘chasida «Isuzu» rusumidagi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 37 yoshli haydovchi Elmurod I. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketadi va ustunga borib uriladi.
To‘qnashuv natijasida haydovchi, ikkita yo‘lovchi – 38 yoshli Ikrom D. va 24 yoshli Azizbek M. jarohat olib, tibbiy yordamga murojaat qilishgan.
YTH sababi aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter