Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 50 mingdan oshdi

Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 50 mingdan oshdi

Foto: «Nts-tv.com»

2020-yil 24-sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 834 (+167) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 152 nafari Toshkent shahrida hamda 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:

Toshkent shahrida 196 nafar,

Toshkent viloyatida 106 nafar,

Namangan viloyatida 60 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,

Farg‘ona viloyatida 7 nafar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,

Navoiy viloyatida 2 nafar,

Sirdaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 50 230 (+398) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 158 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring