Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 43 mingdan oshdi

2020-yil 4-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 075 (+77) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, Yangi kasallanish holatlarining 74 nafari Toshkent viloyatida hamda 3 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Sergeli tumanida yashagan 58 yoshli F.Ye. (ayol) vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent viloyatida 107 nafar, Toshkent shahrida 89 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Namangan viloyatida 12 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Navoiy viloyatida ham 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Farg‘ona viloyatida 6 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 40 432 (+256) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 304 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter