Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizdagi turli daryolar va suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda

Yurtimizdagi turli daryolar va suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2024 yil 9 fevraldagi 80-sonli qaroriga muvofiq Amudaryo va Sirdaryoda 11 martdan 31 maygacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26 apreldan — 10 iyungacha baliq ovlashga taqiq qo‘yiladi.

Shuningdek, boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan — 31 maygacha bo‘lgan muddatda baliq ovlash taqiqlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan davrlar baliqlarning urchish-urug‘lanish, ya’ni ko‘payish davri hisoblanadi. Baliqlar urchish davrida tuxum qo‘yadi va nasl ko‘paytiradi. Agar bu davrda baliqlar ovlansa, ularning soni keskin kamayib, turlar yo‘qolish xavfi tug‘iladi.

Ma’lumot uchun, mazkur qaror istisno tarzida sun’iy suv havzalari yoki irrigatsiya tarmoqlaridagi intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga, shuningdek, qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirilishi va ovlanishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Taqiqlangan davr va taqiqlangan hududda baliq ovlash hamda baliq ovlash qoidalarini buzganlik ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring