Jangga 2 kun qolganida Bahodir Jalolovning raqibi o‘zgardi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz Bahodir Jalolov 15 mart kuni o‘zining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq qarama-qarshilikka 2 kun qolganida raqib o‘zgardi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kolumbiyalik bokschi ushbu jangdan bosh tortgan. Uning o‘rniga yurtdoshimiz amerikalik Uilli Xarveyga qarshi bahs olib boradi. Jang sanasi o‘zgarmagan. Bo‘lajak to‘qnashuvga Kaliforniya shtati mezbonlik qiladi.
Ma’lumot uchun, Jalolov shu paytgacha professional boksda 4 bor ringga chiqib, barcha raqiblarini nokaut evaziga dog‘da qoldirgan. Xarvey ham 4 bor ringga chiqqan, biroq uning hisobida 1 ta mag‘lubiyat bor. G‘alabalarining uchalasi ham nokaut.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter