Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zamonaviy futbolda bunaqasi bo‘lmagan (video)

Zamonaviy futbolda bunaqasi bo‘lmagan (video)

«Liverpul» klubi va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson Beker zamonaviy futbol tarixiga kirdi. Hali hech bir futbolchi bir o‘yinda ikki marta maydondan chetlatilmagan... va ikki marta maydonga qaytarilmagan.

2022-yilgi jahon chempionati saralashining 15-turida Ekvador – Braziliya o‘yini durang bilan nihoyasiga yetdi — 1:1. O‘yinning 31-daqiqasida hakam braziliyaliklar posboni Alisson Bekerga qizil kartochka ko‘rsatdi, biroq videotakrorni ko‘rganidan so‘ng qarorini o‘zgartirdi — sariq!

Ikkinchi qizil kartochkani Beker qo‘shimcha daqiqalarda oldi, ammo VARni ko‘rib chiqqan hakam yana o‘z qarorini bekor qildi.

O‘yindan so‘ng 36 ochko to‘plagan Braziliya turnir jadvalida 1-o‘rinni saqlab qoldi. Ekvador esa 24 ochko bilan 3-o‘rinni band etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring