Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada 500 dan ortiq kishi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Zangiotada 500 dan ortiq kishi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

«Obod qishloq» davlat dasturiga asosan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ikkita mahallada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal ravishda amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda tibbiyot sohasida ham chekka qishloq aholisi uchun bir qator qulayliklar yaratilyapti. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari, respublika klinik shifoxonalarining yetakchi olimlari va yuqori malakali shifokorlari ishtirokida tumanda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ushbu tadbirda travmatolog, nevropatolog, terapevt, pediatr, akusher-ginekolog, urolog, oftalmolog, kardiolog va xirurglar tomonidan jami 508 nafar kishi, jumladan 362 nafar kattalar, 142 nafar bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

— Ko‘rikdan o‘tgan 395 nafar fuqaroda kasalliklar aniqlandi. Ularni sog‘lomlashtirish maqsadida 369 nafariga ambulator, 27 nafariga statsionar davolanish buyurildi, — deydi  Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.v.b S.Muhamedova. — Bir nafar uyida yotib qolgan bemorning uyiga travmatolog, xirurg, okulist va kardiolog mutaxassislari borib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tegishli tavsiyalar berib kelishdi.

Tadbir doirasida respublika mutaxassislari tomonidan zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanish bo‘yicha tuman shifokorlariga «mahorat darslari» o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring