Zarbalar bosh chanog‘ini mustahkamlaydi — Monash universiteti
Avstraliyaning Monash universiteti olimlari, zarbalar bosh chanog‘ini mustahkamlaydi, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Scientific Reports jurnalida yoritildi.
Tadqiqotchilar laboratoriya kalamushlarida tajriba o‘tkazishdi. Jonivorlar har kuni boshi ustida osilgan yukdan bittadan uchtagacha zarba qabul qilgan. Ikki haftadan keyin va o‘n haftadan so‘ng olimlar rentgen mikrotomografiyasi yordamida kalamushlar bosh suyaklari hujayralarini tekshirishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bosh chanog‘i suyagining zarbaga uchragan qismi qalinlashishni boshlagan. Alomatlar ikkinchi haftadan keyinoq sezilishni boshlagan, o‘n haftadan so‘ng esa yaqqol ko‘zga tashlangan.
Olimlarning fikricha, organizm miyani yangi zarbalardan himoyalash uchun bosh chanog‘ini mustahkamlash qobiliyatiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter