Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy tanqidga uchragan yirik qo‘mondonni ishdan oldi

Zelenskiy tanqidga uchragan yirik qo‘mondonni ishdan oldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuchlari birlashgan qo‘mondonligi rahbari Yuriy Sodolni iste’foga chiqarishga qaror qildi.

Bu haqda davlat rahbari o‘zining shaxsiy Telegram-kanalida e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi.

«Men Ukraina Qurolli kuchlari birlashgan kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Yuriy Sodolni almashtirishga qaror qildim», dedi siyosatchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tegishli lavozimni brigada generali Andrey Gnatov egallaydi.

23-iyun kuni Ukraina Oliy Radasi deputati Maryana Bezuglaya Yuriy Sodol mamlakat armiyasining jangovar zonadagi qator muvaffaqiyatsizliklari uchun javobgar ekanligini aytdi. Jumladan, deputat Donetskning Toretsk shahri hududida rus qo‘shinlarining siljishini nazarda tutgan.

Siyosatchi, shuningdek, xizmat safari chog‘ida Ukraina Qurolli Kuchlari Birlashgan Kuchlari qo‘mondoni Odessa shahridagi «restoranda spirtli ichimlik ichganini» aytdi. So‘zlariga dalil sifatida u general-mayor qo‘lida stakan bilan suratga tushgan fotosuratni nashr etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring