Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy nega o‘z jonini xavfga qo‘yganini aytdi (foto)

Zelenskiy nega o‘z jonini xavfga qo‘yganini aytdi (foto)

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqinda ozod etilgan Xerson shahriga bordi.

U shahar hammon o‘qqa tutilayotgani va xavf mavjud bo‘lishiga qaramay, Xersonga nima uchun borganini izohladi.

«Hozir hamma xavf ostida: harbiylar, jurnalistlar... Biz bu yerda bo‘lishimiz, Xerson aholisini, odamlarni qo‘llab-quvvatlashimiz muhim. Ular biz nafaqat bu haqda gapirayotganimizni, balki bayrog‘imizni ko‘tarib, qaytib kelayotganimizni his qilishlari lozim. Inson sifatida men xersmonliklarning his-tuyg‘ularidan energiya olishni xohlayman. Bu ham rag‘batlantiradi», deb tushuntirdi prezident.

Ukraina yetakchisi Xersonda harbiylarni mukofotladi. Hududda Ukraina davlati bayrog‘i ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Xersondan rus qo‘shinlarini olib chiqishni boshlash haqida buyruq bergan edi.

9 noyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xerson viloyatida to‘rtta harbiy ma’muriyat tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring