Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Rossiya bilan sulh istalgan vaqtda boshlanishi mumkinligini aytdi

Zelenskiy Rossiya bilan sulh istalgan vaqtda boshlanishi mumkinligini aytdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkinligini bildirdi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, sulh hech bo‘lmaganda 30 kun davom etib, diplomatik muzokaralarga imkoniyat yaratishi lozim. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Moskva sulhga jiddiy yondashishi uchun xalqaro hamjamiyat, ayniqsa AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga va harbiy yordamni davom ettirishga chaqirgan.

Shuningdek, Chexiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yetakchi davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Pragada Zelenskiy Chexiya prezidenti Pyotr Pavel bilan yirik kalibrli o‘q-dorilar yetkazib berish dasturini muhokama qilgan. 2024-yilda Chexiya Ukrainaga 1,6 million dona o‘q-dori yetkazgan va 2025-yilda bu ko‘rsatkich 1,8 millionga yetishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring