Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy sobiq yaqin odamiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Zelenskiy sobiq yaqin odamiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Foto: Strana.ua

Zelenskiy o‘z idorasining sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovichga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining bir qator jamoat arboblari, jumladan, prezident devoni rahbarining sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovich, siyosatshunos Kostyantin Bondarenko va bloger Miroslav Oleshkoga nisbatan shaxsiy sanksiya qo‘llash haqidagi qarorini kuchga kiritdi. Sanksiyalar shaxsiy hisoblar, moliyaviy operatsiyalar va boshqalarga oid. 

Aleksey Arestovich 2023-yil yanvarida Youtubeʼdagi “Feygin Live” kanalida Dneprdagi uyning bir qismini vayron qilgan raketa Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgani, ko‘p qavatli bino ustiga qulagani va portlagani haqida aytganidan so‘ng Zelenskiy idorasi maslahatchisi lavozimidan ketgan edi. 

Iste’foga chiqqanidan keyin Arestovich mamlakatni tark etdi va Zelenskiyning eng ashaddiy tanqidchilaridan biriga aylandi. 

Ukrainada hozirda xorijda bo‘lgan Arestovichga qarshi ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atildi: jinoiy huquqbuzarlik haqida yolg‘on xabar berish (Ukraina Jinoyat kodeksining 383-moddasi 1-qismi) va zo‘ravonlik va shafqatsizlik, irqiy, milliy yoki diniy murosasizlik va kamsitishni targ‘ib qilish (Ukraina kodeksining 30-moddasi). 

Unga nisbatan Rossiya va Belarusda ham jinoiy ishlar ochilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring