Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy tinchlik haqidagi gaplari jiddiy bo‘lsa Putin bilan uchrashmoqchi

Zelenskiy tinchlik haqidagi gaplari jiddiy bo‘lsa Putin bilan uchrashmoqchi

Kiyevda 31-iyul kuni Rossiyaning raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni o‘tkazildi.

Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Rossiyaning havo hujumida jami 31 kishi, jumladan 5 nafar bola halok bo‘lganini ma’lum qildi. Yana 159 kishi jarohatlangan.

Kiyevga qilingan bu zarba 2022-yildan beri eng qonli zarbalardan biri deya baholandi. Ukraina hukumati BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda vayron bo‘lgan bino o‘rnida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlangani haqida shunday yozdi:

«Rossiya qilayotgan ishlarni oqlab bo‘lmaydi. Biz xalqimizning o‘ldirilishini, bu shafqatsiz zarbalarni hech qachon kechirmaymiz. Rossiyaning kechagi Kiyevga bergan zarbasi natijasida 31 kishi halok bo‘ldi. 159 kishi jarohatlangan. Oilalari, yaqinlari va yaqinlarini yo‘qotgan barchaga chuqur hamdardlik bildiramiz».

Putin esa Valaam orolidagi matbuot anjumanida bu haqda to‘xtalmadi, biroq u Ukrainadagi jangovar harakatlarni tugatish istiqbollarini sharhlar ekan, «uzoq muddatli, doimiy, hech qanday muddatsiz tinchlik» muhimligini ta’kidlagan.

Putin, shuningdek, «Rossiyani ham, Ukrainani ham qoniqtiradigan, har ikki davlat xavfsizligini ta’minlaydigan eng asosiy taritblar» muhimligiga ishora qildi.

O‘z navbatida, Zelenskiy xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni imkon qadar kuchaytirishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina iyul oyida Rossiya Ukrainaga qarshi 5100 dan ortiq havo bombalari, 3800 dan ortiq «Shaheed» dronlari va 260 ga yaqin turli xil turdagi raketalarni, jumladan 128 ballistik raketalarni uchirdi.

«Biz Rossiyaning bayonotlarini eshityapmiz. Agar bu urush uchun vaqtdan yutish yoki sanksiyalarni kechiktirish harakati bo‘lmasa va urashni munosib tarzda tugatish va chinakam mustahkam tinchlik o‘rnatishga jiddiy tayyor ekanliklari haqidagi signal bo‘lsa, demak, Ukraina istalgan vaqtda yetakchilar darajasida uchrashishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi», – deb yozdi Ukraina prezidenti ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uch raund muzokaralari harbiy asirlarni almashishdan tashqari hech qanday aniq natijaga olib kelmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring