Zelenskiy urushni tugatish rejasi haqida gapirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevning Rossiya bilan urushni tugatish rejasi borligini, u buni AQSh prezidentligiga Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan nomzodlar Kamala Xarris va Donald Trampga yetkazishini aytdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi bu rejaning bandlaridan biridir. Bu haqda u "Ukraina 2024: Mustaqillik forumi" doirasidagi matbuot anjumanida aytdi.
Shuningdek, Zelenskiydan Qatarda Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi tufayli haqiqatdan ham barbod bo‘lgan-bo‘lmagani haqida so‘ralgan.
Avgust oyi boshida WashingtonPost gazetasi Ukraina va Rossiya urushayotgan tomonlarning energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha muhim kelishuvga erishish uchun Qatarga delegatsiyalar yuborishi kerakligi haqida xabar bergan edi. Zelenskiy muzokaralar onlayn tarzda o‘tganini aytdi.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya tinchlik formulasining hech bir bandi bilan bog‘liq emas, balki Tinchlik sammiti bilan bog‘liq, chunki bu «Ukraina g‘alabasi rejasining nuqtalaridan biri».
«Energetika juda muhim, ammo urushni tugatish undan ham muhim. Kursk operatsiyasi bu jarayonning bosqichlaridan biridir», — dedi prezident.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, reja diplomatik va iqtisodiy jabhada qo‘shimcha qadamlar, jumladan, Rossiyani urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishga majburlovchi kuchli paketni ham o‘z ichiga oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter