Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zilziladan aziyat chekkan Indoneziyaga bir milliard dollar yordam beriladi

Zilziladan aziyat chekkan Indoneziyaga bir milliard dollar yordam beriladi

Foto: «Independent»

Jahon banki Indoneziyaga Lombok va Sulavesi orollaridagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun bir milliard dollar ajratadi. Bu haqda bugun, 14-oktyabr kuni bankning matbuot xizmati xabar berdi.

Jahon banki direktori Kristalina Georgiyevaning aytishicha, Indoneziya hukumati zilzilani boshdan o‘tkazgan tumanlarga yordam ko‘rsatishga jiddiy kirishgan. Tiklanish ishlari jadal ketyapti, Jahon banki ham bu sa’y-harkatlardan chetda qolishni istamadi va yordam qo‘lini cho‘zdi.

Jahon banki ajratgan mablag‘ 150 mingta oilaga yordam puli sifatida beriladi. Qolaversa, mablag‘dan infratuzilma ob’yektlari — kasalxonalar, maktablar, ko‘priklar, yo‘llar, suv ta’minotini tiklashda foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning avgustida Lombok orolida 7 va 6,9 balli zilzilalar kuzatilgan va 550  nafardan ziyod odam qurbon bo‘lgandi.

Sulavesidagi 28-sentyabrda ro‘y bergan yer silkinishi bundan-da ayanchli oqibatlarga olib keldi: zilzila kuchli sunamiga ham keltirib chiqardi, oqibatda ikki ming nafardan ziyod inson nobud bo‘lgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas