Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zomindagi kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Zomindagi kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi

videodan skrinshot

Bugun, 1 fevral kuni soat 15:15 atrofida Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Zomin shahrida joylashgan kutubxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’umot kelib tushgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan joyga 2 ta qutqaruvchilar bo‘linmasi yuborilgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilib, yong‘indan keyingi tozalash ishlari bajarilmoqda.

Aniqlanishicha, foydalanishga topshirilmagan bino ichida kitoblar bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring