Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayev qashqadaryoliklar va voha mehmonlariga murojaat qildi

Zoyir Mirzayev qashqadaryoliklar va voha mehmonlariga murojaat qildi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev voha aholisiga karantin qoidalari qat’iy rioya qilishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda. Ushbu murojaat bilan quyida tanishishingiz mumkin:

«Hurmatli vohadoshlar va shahrimiz mehmonlari!

Avval ham ta’kidlaganimizdek, «Yashil hudud» – bu hamma narsa qilish, maqsadsiz ko‘chaga chiqish, degani emas.

Bugun, 2020 yil 22 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3006 (+39) nafarni tashkil qilmoqda. Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 28 nafari aholi orasidan qayd etilishi barchamizni karantin qoidalariga jiddiy amal qilishga chorlovdir.

Shu munosabat bilan, viloyat rahbari sifatida yana bir bor Siz azizlarga murojaat qilmoqchiman:

– Barcha hududlar uchun belgilangan karantin qoidalari, xususan, ko‘chada niqobda bo‘lish, jamoat joylarida masofa saqlash, dezinfeksiya, shaxsiy gigiyena singari bir qator qoidalarga «Yashil hudud»da ham amal qilish kerakligini unutmang. Shuningdek, «Yashil hudud»da hamon 65 yoshdan oshgan keksalarga «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga amal qilish tavsiya etiladi. Maqsadsiz ko‘chaga chiqmang. Uyda qoling!»

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring