BMT Bosh kotibi Rossiya va AQShni yadro qurollarini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh
BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh Rossiya va AQShni strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash choralari to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarganligi bilan tabrikladi, shuningdek, u tomonlarni qurolsizlanish masalalari bo‘yicha muhokamalarni boshlashga chaqirdi. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.
«Bosh kotib Qo‘shma Shtatlar va Rossiya Federatsiyasini yadroviy qurollarni qisqartirishga olib boruvchi muzokaralarga kirishishga, shuningdek, qurolsizlanish sohasidagi tarixiy ahamiyatga ega yetakchilikni namoyish qilishni davom etishga chaqirdi. Bu bizning jamoaviy xavfsizligimizni ta’minlash uchun juda muhimdir», — deyiladi Dyujarrikning yozma bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter