Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonda muhim kun

Bugun O‘zbekistonda muhim kun

Bugun, 2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. Har bir davlatning Konstitutsiyasi, bayrog‘i, gerbi, madhiyasi kabi ramzlari mustaqillikning muqaddas belgilaridir.

Davlat gerbi bundan 30 yil oldin, 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdikdangan.

Gerbda xalq tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topgan. Unda tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa milliy boylik paxta chanoqlari qiyg‘os ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarakka o‘ralgani hamda gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turishi aks ettirilgan.

Gerbning yuqori qismida hurlikning ramzi sifatida sakkizburchak, uning ichki qismida yarim oy va yulduz, markazida afsonaviy Humo qushi tasvirlangan. Pastki qismida yurtimiz Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambarak tasmasiga «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.

Davlat gerbida ranglar jilosiga ham alohida ahamiyat qaratilib, Humo qushi va daryolar — kumush rangida, quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida, g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda, chanoqlardagi paxta — oq rangda; tasma — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda, sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda, yarimoy va yulduzlar — oq rangda tasvirlangan.

Davlat gerbi tasviri muhrlarda, rasmiy nashrlarda, qog‘oz va tanga pullarda, qimmatli qog‘oz va obligatsiyalarda, fuqarolik pasportlarida hamda qonunda belgilangan boshqa o‘rinlarda aks ettirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. Unga hurmatsizlik O‘zbekiston qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring