Dunyoni nega yahudiylar boshqaradi?
Sayyoramiz aholisining 0,2 foizini tashkil qiluvchi yahudiylar to‘g‘risida gap ketganda ko‘z o‘ngimizda tadbirkor, boy hamda jumboqli millat gavdalanadi. Jahon milliarderlarining eng boy o‘ntasi, amerikalik 200 ta eng taniqli shaxs, amerikalik yozuvchilarning 60 foizi, Nobel mukofotini qo‘lga kiritganlarning 22 foizi, nufuzli universitetlardagi taniqli olimlarning uchdan bir qismi yahudiy millatiga mansub.
Aytishlaricha, insoniyat tarixidagi ilk tadbirkorlar yahudiylardan chiqqan ekan. Ular 2 ming yillar ilgari bu ish bilan shug‘ullangan. Biroq ularning farovon hayoti pul bilan bog‘liq emas. Oilaviy munosabatlar, salomatlikka e’tibor, ishga munosabat, e’tiqod hamda bilimga bo‘lgan ishtiyoq bu muvaffaqiyatning asosidir.
Yahudiylar farzand aqlini tanishi bilan uyni kitobga to‘ldiradilar. Har bir yahudiy farzandi kitob o‘qishni sevishi shart. Shu sababli bo‘lsa kerak, aksariyat yahudiy bolalarining aqliy salohiyati 112 ballga teng. Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich 100 ballni tashkil qiladi. To‘g‘ri, aqliy qobiliyat muvaffaqiyat uchun asos emas, biroq u boshqa jihatlar bilan uyg‘unlashtirilsa, Jeff Bezos, Larri Elisson, Mark Sukerberg kabi yetakchilar yetishib chiqadilar.
Yahudiylar omadining bosh siri ta’lim bilan bog‘liq. O‘rganish va ta’lim olishda diniy va axloqiy qonun-qoidalarning o‘rni yuqori. Isroilda homilador ayollarning musiqa tinglashi, pianino chalishi hamda matematika kitoblarini o‘qishi azaliy qadriyatga aylangan. Yahudiy onalar muqaddas kitoblar ustiga bir tomchi asal tomizib, so‘ng uni bolalariga yalatadilar. Shu orqali bolada kitobga mehr uyg‘onadi.
Ustozga hurmat masalasida yahudiylarga teng keladigan millatni topish qiyin. Jamiyat qoidalariga ko‘ra, o‘qituvchining nufuzi otanikidan yuqori turadi. Boisi ular taraqqiyotning muhim manbasi.
Yahudiy bolalar dangasalik va ko‘cha changitish nimaligini bilishmaydi. Chunki ular hech qachon bo‘sh o‘tirmaydilar. Ota-onalar bolasi yoshligidanoq band bo‘lishi uchun harakat qilishadi. Ular matematika va xorijiy tillarni o‘rganishadi, biror musiqa asbobini chalishni mashq qilishadi. Bolalarning doimo band bo‘lishi yahudiycha tarbiyada tabiiy jihat hisoblanadi.
Aytish mumkinki, «dunyoni yahudiylar boshqaradi» degan gapning siri bilimga e’tibor hamda farzand tarbiyasidagi o‘ziga xos yondashuvdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter