Qozog‘istondagi fojia. Turli davlatlar O‘zbekistonga hamdardlik bildirmoqda

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi mudhish hodisada qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik izhor qildi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimir Puchkov ham ushbu fojia yuzasidan ta’ziya bildirdi.
«Qozog‘iston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan bu yo‘qotish sababli halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman, jarohatlangan fuqarolarning tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman», deyiladi Qozog‘iston Prezidenti maktubida.
Bundan tashqari, Turkiya Tashqi ishlar vaziri ham mazkur mudhish voqea bo‘yicha O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda avtobusning yonib ketishi oqibatida 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter