Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In Si Szinpinni KXDRga taklif etdi, taklif qabul qilindi

Kim Chen In Si Szinpinni KXDRga taklif etdi, taklif qabul qilindi

Foto: «AFR»

KXDR yetakchisi 25— 28-mart kunlari Xitoyga safar qilgani haqida xabar bergan edik. Kim Chen In Xitoyga tashrifi davomida XXR raisi Si Szinpinni KXDRga taklif etgan, Szinpin taklifni qabul qilgan. Bu haqda Shimoliy Koreyaning «STAK» agentligi ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Strategik hamkorlik, Xitoy va KXDRning birdamligi va do‘stligini kuchaytirish  lozim», — degan Kim Chen In Szinpin bilan uchrashuvda.

KXDR yetakchisi va rafiqasining Xitoyga tashrifi juda sirli kechdi: ular haqidagi xabar Pekindan hukumat poyezdi jo‘nab ketgandan so‘ng paydo bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring