O‘zbekiston — Qirg‘iziston: chegara bo‘yicha bitim birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi yanada mustahkamlanadi.
Kecha, 21-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi majlisida deputatlar «2017-yil 6-oktabr Toshkent shahrida imzolangan chegara hududida ishonchni mustahkamlash bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi.
Davlat chegara xizmati vakilining ta’kidlashicha, mazkur bitimning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida xavfsizlik hamda ishonchni mustahkamlash, o‘zbek-qirg‘iz chegarasida tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish bilan bog‘liq masalalarni tartibga solishdan iborat.
Shartnoma mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari, terrorizmga qarshi kurash va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, yangi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, shuningdek, davlat chegarasida noqonuniy migratsiya masalalari bo‘yicha hamkorlikka imkon yaratadi.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishdayoq ovoz berishga qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter