Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bundan tashqari, tashrif doirasida hukumatlar, idoralar va hududlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.

Hukumatlar o‘rtasidagi imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Eron Milliy standart tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik dasturi, Texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Harakatlar rejasi shular jumlasidan.

Qo‘shma erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, farmatsevtika, transport va tranzit sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar qabul qilindi.

Shuningdek, Sport sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi, Nizolarni hal etish va arbitraj to‘g‘risida anglashuv memorandumi, Qayta sug‘urtalash sohasida hamkorlik bo‘yicha fakultativ bitim va boshqa hujjatlar ham imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring