Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Muloqotda prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqqanlar.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari izchil oshib borayotgani, parlamentlar, hukumatlar va hududlar o‘rtasidagi aloqalar faollashgani aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring