Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qo‘shnidan-da yaqin». Qozog‘iston va O‘zbekiston vazirlari qanday kelishuvga erishdi?

«Qo‘shnidan-da yaqin». Qozog‘iston va O‘zbekiston vazirlari qanday kelishuvga erishdi?

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston tomoni taklifiga ko‘ra ushbu mamlakat poytaxti Ostona shahriga tashrif buyurdi. U Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari  – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan siyosiy, iqtisodiy, suv-energetika, tranzit-transport va madaniy-gumanitar masalalarni muhokama qildi.

Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligidan o‘rin olgan. Keyingi yillarda o‘zaro savdo aylanmasi 4 milliard dollardan oshdi. Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari buni 10 milliard dollarga yetkazish hamda iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqdi.

Ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash maqsadida umumiy madaniy merosni birgalikda tadqiq etish taklifi ilgari surildi.

«O‘zbekiston Qozog‘iston uchun alohida o‘ringa ega, ishonchli ittifoqchi va muhim strategik hamkor sanaladi. Biz mamlakatingiz ko‘plab sohalarda erishayotgan yangi yutuqlarni samimiy olqishlaymiz», – dedi  Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Bizning kun tartibimiz boy va keng qamrovli bo‘lib, qardoshlik aloqalarining barcha sohalarini qamrab oldi. Biz qo‘shnilardan-da yaqinroqmiz, umumiy jihatlarimiz, tariximiz va kelajagimiz mushtarak», – dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.

Diplomatlar Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli qardoshlik va birodarlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

O‘zbekiston TIVni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham qabul qildi.

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri M.Nurtleuning o‘tgan yil avgust oyida Toshkentga tashrifi yakunida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolangan edi.

Qozog‘istonlik yuqori martabali mehmonni prezident Shavkat Mirziyoyev ham qabul qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring