Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev 3 ta taqdimotni ma’qullamadi

Shavkat Mirziyoyev 3 ta taqdimotni ma’qullamadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni yoshlar, sport, sog‘liqni saqlash, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Shulardan 3 tasini ma’qullamadi.

Mutasaddilar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sportni ommalashtirish borasida mahalla va maktablardagi sharoitlar o‘rganilgani haqida axborot berdi. Qayd etilganidek, yurtimizdagi 9 ming 309 ta mahalladan 763 tasida sport ob’yekti, 6 mingdan ortig‘ida kutubxona yo‘q. Shuningdek, 10 ming 130 ta maktabdan 2 mingdan ziyodida sport zali, 22 tasida kutubxona majud emas.

Bu joylarda sport maskanlari va kutubxonalar barpo etish bo‘yicha 3 xil loyiha taklifi ishlab chiqilgan. Birinchisida kitob javonlari va sport qurilmalari o‘rnatish, ikkinchisida ochiq sport maydonlari hamda uchinchisida yopiq inshootlar barpo etish nazarda tutilgan.

Davlat rahbari bu loyihalarni ma’qullamay, qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

– Tasavvur qilinglar: qishloqlarda oddiy odamlarga nima kerak, yoshlarga nima kerak? Bolalar kechqurun nima o‘ynaydi? Yoshi kattalar qayoqqa borib, suhbatlashadi? Shularni o‘ylab, xalqimiz xohishini inobatga olib, loyiha qilish kerak. Masalan, mahallada maktab, stadion bor. Shuning yonida sun’iy qoplamali mini-futbol maydoni, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka uchun joylar tashkil etish mumkin. Bunga kerak hamma narsa o‘zimizda ishlab chiqarilayapti. Ikkinchidan, shu joylarda kutubxona, kompyuterxona, oshxona, hammom qursa bo‘ladi. Kelgusida shifokor punktlarini ham joylashtirish mumkin. Umuman, bu orqali ham xizmatlar rivojlanadi, ham odamlar rozi bo‘ladi. Har bir mahallaning mana shunday iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy markazi bo‘lishi kerak, u yerda hayot qaynashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan kelib chiqib, loyihani takomillashtirish, mahalla markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun tadbirkorlarga imtiyoz beriladi va evaziga ijtimoiy mas’uliyat yuklanadi. Kunning ma’lum soatlari mahalla yoshlari uchun tekinga ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring