Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga jo‘nab ketdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Fransiya – yuksak darajada rivojlangan, sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlardan birini egallagan industrial-agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati bo‘yicha dunyoning eng yirik yettita davlati qatoriga kiradi. BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosidan biri, Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydonda muhim rol o‘ynaydi.

Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdor. Ushbu davlat rahbari Emmanuel Makron mamlakatlarimizning o‘zaro yaqinlashishini qutlab, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parijga rasmiy tashrifini orziqib kutayotganini ta’kidlagan edi.

Tashrif davomida davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalar va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring