Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «Olmazor city» loyihasini ma’qulladi

Shavkat Mirziyoyev «Olmazor city» loyihasini ma’qulladi

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasidagi madaniyat saroyida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Olmazor tumanining yangi markazi — «Olmazor city»ni barpo etish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Yangi Olmazor ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li o‘rtasidagi 24 gektardan ziyod hududda barpo etiladigan ushbu mavzeda ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, zamonaviy biznes markaz, mehmonxona va xiyobon, ta’lim va tibbiyot muassasalari qurish rejalashtirilgan.

Foto: «President.uz»

Davlat rahbari loyiha taklifini ma’qulladi.

Yoshlar bilan ishlash, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tumandagi bo‘sh turgan binolarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy investitsiyalar va texnologiyalar olib kelish, odamlarga ish o‘rinlari yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring