Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi: tafsilotlar

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi: tafsilotlar

Foto: Prezident matbuot xizmati

Boku shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga raisligi muvaffaqiyatli kechayotgani hamda uning yettinchi sammiti yuqori saviyada tashkil etilgani bilan samimiy tabrikladi.

Shu yilning avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha darajalarda samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshdi. Geologiya, energetika, qurilish, transport, logistika, yengil sanoat, turizm va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi.

Madaniy-gumanitar almashinuvning tadbirlarga boy dasturi amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring