Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenkoni qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 2-oktyabr kuni Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Valentina Matviyenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, transport-logistika, agrosanoat, ilmiy-texnik sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari surishda, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishda ikki mamlakat parlamentlarining faol ishtirokiga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Federatsiya Kengashi raisi ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash maqsadida parlamentlararo aloqalarni izchil rivojlantirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqladi.
Valentina Matviyenko joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy vakillik hokimiyati organlariga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter