Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari 27-sentyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Prezidentlar Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator ob’yektlarga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev 28-sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga jo‘nab ketdi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda kuzatib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter