Tramp Rossiya bilan aloqalarni yaxshilamoqchi

Bugun 20-aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan aloqalarni yaxshilash niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«Agar biz Rossiya, Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ysak, bu yaxshi, buning hech yomon tomoni yo‘q», — deya bayonot bergan Tramp.
Avvalroq, AQShning Suriyaga raketa hujumi fonida Tramp Rossiyaga murojaat bilan chiqib va ruslarni «Suriyada kimyoviy qurolni butunlay yo‘q qilish haqidagi va’dasini bajarmagani» uchun tanqid qilgani haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter