Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev tunisliklarga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev tunisliklarga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tunis Xalq vakillari Assambleyasi raisi Muhammad Nosirga va mamlakat xalqiga Prezident Al-Bojiy Qoid as-Sibsiy vafot etgani munosabat bilan ta’ziya yo‘lladi.

25-iyul kuni Tunis prezidenti as-Sibsiy 92 yoshida hayotdan ko‘z yumgandi. U mamlakat poytaxtidagi harbiy gospitalda jon bergan.

As-Sibsiy oxirgi vaqtlarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarga uchrayotgan edi. U 2017-yildan beri eng yoshi ulug‘ amaldagi prezident sanalar edi.

As-Sibsiy 1926-yilning 26-noyabrida tavallud topgan. Tunis prezidentligiga 2014-yil 31-dekabrda saylangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring