Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Turkmanistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Yurev

Bugun, 25-mart kuni Turkmaniston parlamentiga navbatdagi saylov bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar berdi.

Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da boshlangan va 19:00 ga qadar davom etadi. 125 deputatlik o‘rni uchun 284 nomzod kurash olib bormoqda. Ular orasida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning 36 yoshli o‘g‘li Sardor Berdimuhammedov ham borligi haqida oldinroq xabar bergan edik.

Shuningdek bugun prezidentning o‘zi ham ovoz bergan. Mamlakatda jami 3,2 million saylovchi ro‘yxatga olingan. Mahalliy vaqt bilan 9:00 da berilgan ma’lumotlarga ko‘ra saylovchilarning 24 foizi ovoz berishda qatnashib bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, saylovni kuzatish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi ham Turkmanistonga borgani haqida avval xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring