Abduqodir Husanovning jamoasi jiddiy muammoga duch keldi
Fransiya vitse-chempioni «Lans» mamlakat kubogining 1/32 bosqichida jiddiy raqib – «Monako» bilan 7 yanvarga belgilangan bahs oldidan jiddiy muammoga duch keldi.
«Lans» bosh murabbiyi Frank Xeyz tarkib tanlashda og‘ir vaziyatda qoldi. Klubning besh nafar o‘yinchi terma jamoalari safiga jo‘nab ketgan bo‘lsa, to‘rttasi jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmasligi aniq, yana ikki nafarining o‘yinga tusha olishi so‘roq ostida.
Shunday qilib, futbolchilar orasida Afrika Millatlar kubogi, Osiyo kubogi, Olimpiya o‘yinlari saralash turnirida ishtirok etish uchun o‘z mamlakatlari terma jamoalariga yo‘l olgan asosiy tarkib o‘yinchilaridan tashqari, turli daraja jarohat olganlar ham ko‘payib ketgan.
Ular orasida 19 yoshli Abduqodir Husanov ham bor. U Qatarda o‘tkaziladigan Osiyo kubogida qatnashish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga qo‘shilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter