Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikalik futbolchi O‘zbekistonda to‘p suraman deb 5 800 dollaridan ayrildi

Afrikalik futbolchi O‘zbekistonda to‘p suraman deb 5 800 dollaridan ayrildi

Noma’lum firibgarlar «Buxoro» futbol klubi nomidan soxta taklifnoma tayyorlab, 17 yoshli afrikalik futbolchini 5 800 ming dollarga chuv tushirdi. Bu haqida «Buxoroisharif» nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arbiy Afrika qit’asida joylashgan Kot-d’Ivuar davlat fuqarosi Vamara Diarrassouba ismli futbolchini «Buxoro» PFK rahbariyati O‘zbekistonga taklif qilgan va u bilan shartnoma imzolashga kelishib olgan. Lekin aeroportida klub mas’ullari uni kutib olmagan.

Hech kim bilan bog‘lana olmagan afrikalik futbolchi Toshkent aeroportida tunashga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishicha, afrikalik futbolchining qo‘lida «Buxoro» professional klubining sobiq rahbari Muhsin Muhammadiyev nomi bilan imzolangan xat bor. Hujjatda 2023 yilning 4 may sanasi ko‘rsatilgan. M. Muhammadiyev esa 3 yil avval klub rahbarligidan ketgan. Shuningdek, mazkur «taklifnoma» da bir nechta jiddiy imloviy xatolar ham mavjud.

«Buxoro» PFK taklifnoma soxta ekanligini, aslida futbolchi bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaganini ta’kidladi

«Ushbu chet el fuqarosini futbolchi sifatida (rasmda Kot-dIvuarʼivuar Respublikasi pasporti) Buxoro futbol klubi taklif etgani haqiqatga yaqin emas. Rasmda ko‘rsatilgan taklif qog‘ozi «Buxoro» PFKga taalluqli emas, ya’ni soxta hisoblanadi», – deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Aniqlanishicha, g‘arbiy afrikalik 17 yoshli futbolchi $5 800 ga yaqin pullarini «Buxoro» nomidan taklif etgan firibgarlar hisobiga o‘tkazib bergan.

Ayni damda esa Vamara Diarrassouba poytaxt Toshkentdagi mehmonxonalarning biriga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring