Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afsonaviy Diyego Maradonaning rekordi yangilandi

Afsonaviy Diyego Maradonaning rekordi yangilandi

Foto: MEDIUM/SEMPREINTER

«Napoli»ning 30 yoshli hujumchisi Lorenso Insine o‘z nomini jamoa tarixiga yozib qo‘ydi.

Italiya chempionatining 25-turida «Napoli» va «Inter» o‘rtasidagi o‘yin durang bilan tugadi — 1:1. Ushbu o‘yinda Insine neapolliklar safidagi o‘zining 116-golini kiritdi.

Argentinalik futbol afsonasi Diyego Maradona «Napoli»dagi faoliyati davomida 115 ta gol urgan.

2022-yilning yozidan boshlab Insine MLSning «Toronto» (Kanada) klubida to‘p surishni boshlaydi. U shimoliy amerikaliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring