Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi

Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.

Shu munosabat bilan tashkil qilingan yig‘ilishda yengil atletika sport turlarida erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanmasdan, respublikamizda uni yanada ommalashtirish hamda bu borada mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi. 

Navbatdan tashqari saylov konferensiyasida federatsiya raisining o‘rinbosarlari va Bosh kotibi ham saylandi. Tashkilotning yangi tahrirdagi Ustavi qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, Akmalxo‘ja Mavlonov 1975-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U turli yillarda Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurori birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yil avgust oyida bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2021-yildan Bojxona qo‘mitasiga raislik qilib kelmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring