Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Allegri «Yuventus»ning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi

Allegri «Yuventus»ning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi

«Yuventus» o‘ziga begona bo‘lmagan Massimiliano Allegri bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy veb-sayti e’lon qilindi.

Allegri «Yuventus»ni 2014-yildan 2019-yilgacha boshqargan va 5 marta A seriyaning bosh sovriniga, 4 marta Italiya kubogiga, 2 marta Superkubogiga ega chiqqan.

Avvalroq «Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo ishdan bo‘shatilgani haqda xabar berilgan edi.

Massimiliano Allegri «Real Madrid» bosh murabbiyi bo‘lishi kutilyotgandi, biroq italiyalik mutaxassis sobiq jamoasiga qaytishni afzal ko‘rgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring