Bahodir Jalolov ham tarkibda: bokschilarimiz «kichik jahon chempionati»ga jo‘nab ketishdi
19-26 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks olamida katta nufuzga ega «Stranja» an’anaviy 74-Xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Bahslarda jahonning ko‘plab mamlakatlaridan bokschilar medallar uchun kurash olib borishadi. Bu safargi musobaqaga O‘zbekiston katta tarkib bilan yo‘l olmoqda.
«Kichik jahon chempionati» deya ta’rif beriladigan mazkur turnirda terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-48 kg: Nodirjon Mirzaxmedov
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-60 kg: Atxamjon Muxiddinov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Iqboljon Xoldarov
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Odiljon Aslonov
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-86 kg: Temurxon Sobirov
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Bahodir Jalolov
Qizlar:
-48 kg: Saida Rahmonova
-52 kg: Nozimaxon Bulturova
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva.
Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Xuan Enrike Tissert, Xulio Li, Xamza Avezov, Akmal Hasanov, To‘lqinboy Turg‘unov, Davron Gafurov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto
Shifokor: Komiljon Rasulov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter