Durangga rozi bo‘lmagan o‘smirlarimiz Osiyo kubogi finaliga chiqishdi
Bugun Osiyo kubogi U17 saralashi doirasidagi O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya o‘smirlar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vakillarimizning irodali g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Zaxiradan maydonga tushgan Mamadalixon Olimov durang «pishib turgan» pallada, 88-daqiqada g‘alaba golini kiritdi — 3:2. Kambek!
Bruney 14:0 hisobida mag‘lub etilgan birinchi o‘yindan qolishmaydigan natija. O‘zbekiston 2 o‘yindan keyin 6 ochko bilan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Osiyo kubogi U17 saralashi
O‘zbekiston U17 — Janubiy Koreya U17 — 3:2
Hakam: Bijan Haydari (Eron)
Gollar: Byungxon 72 (o‘z darvozasiga), Lazizbek Mirzayev 81, Mamadalixon Olimov 88 – Kang Min Vu 26, Byungxon 77.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter